Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati o‘rganilib, uchrab turgan kamchiliklar qayd etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Ayni vaqtda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida turli xil nasliy, tug‘ma va orttirilgan og‘ir kasalliklarga chalingan bemor bolalarni davolash uchun maxsus reaktivlar, dori vositalari va tibbiy buyumlar yetishmaydi, shuningdek, bir yoshgacha bolalari bo‘lgan onalarni ovqatlantirish masalasi hal etilmagan”, — dedi Qonunchilik palatasi deputati Muharram Dadaxodjayeva.

Qizg‘in muhokamalar davomida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratildi. Xususan, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj shaxslarning imtiyozli orderlar bilan ta’minlanganligi va ular uchun koyka-o‘rinlarni moliyalashtirish yetarli darajada emas.

Markazlarda videoaloqa vositasida masofaviy maslahat olish amaliyoti joriy etilmagan. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan markazlar mutaxassislarini xorijdagi yetakchi klinikalarda yangi texnologiyalar bilan ishlashga o‘qitish va xorijdagi markazlardan jalb etilgan mutaxassislar uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bemorlar soni va statsionar davolanishga ehtiyoj ko‘pligiga qaramasdan ikki qavatli bino ta’mirtalabligi tufayli faoliyat ko‘rsatmayapti. Zarur reaktivlar va dori preparatlarini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha uzil-kesil chora-tadbirlar ko‘rilmaganligi bois ayrim toifadagi bemorlarni davolash murakkablashmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi