22–28-aprel kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston–Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Amaliy uchrashuv davomida ikki davlat ekspertlari O‘zbekiston–Qozog‘iston davlat chegarasining demarkatsiyasi hujjatlarini tayyorlashni davom ettirdi.
Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.