Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning rafiqasi — Gulsina Minnixanova 2016-yilda 2,35 milliard rubl daromad ko‘rdi. Erining daromadi 7,5 million rublni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Tatariston prezidentining daromad deklaratsiyasi uning rasmiy saytida chop etildi.
2,35 milliard rublning 2,2 milliard rubllik qismi MChJdagi ulushni sotishdan olingan.
2015-yilga nisbatan Minnixanovning daromadi 23,8 foizga o‘sdi. Ammo Gulsinaning daromadi erinikidan 313 barobarga ko‘proq bo‘ldi.
Izoh (0)