IShID bilan kurash uning alamli mag‘lubiyati bilan yakunlanishi lozim. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Yakun albatta bo‘ladi. Va u alamli mag‘lubiyat bo‘lishi kerak. Terrorchilarning kuni bitdi. Aks holda og‘ir bo‘ladi”, — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.
Tramp IShID bilan kurashni qay tariqa muvaffaqiyatli yakunlashni rejalashtirayotganiga oydinlik kiritmadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.