Toshkent shahar IIBB vakillari shaharda Georgiy tasmasi taqiqlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Bu haqda “Uznews.uz” xabar qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Georgiy tasmalari bo‘yicha qizg‘in bahslar bormoqda. Bundan tashqari, har yili ushbu tasma taqiqlangani haqida mishmishlar tarqaladi. Shu munosabat bilan huquq-tartibot idoralari xodimlari izoh berib o‘tdi.
“Fuqarolardan Georgiy tasmalarni olib qo‘yish borasida hech qanday ko‘rsatmalar bo‘lgani yo‘q. O‘tgan yili buning muqobili o‘laroq milliy bayroq uslubidagi tasmalar taklif qilingan edi. Shu narsaga e’tibor qaratmoqchi edimki, ular aynan taklif qilingan, tiqishtirilmagan. 9-may sanasiga kelsak, ishonch bilan aytib o‘tishim mumkinki, joriy yilda Georgiy tasmalarini olib qo‘yish borasida hech kim ko‘rsatma bermaydi”, — ma’lum qildi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)