London politsiyasi terakt tayyorlashda gumon qilinayotgan to‘rt kishini hibsga oldi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
London shimoli-g‘arbidagi aksilterrorchilik operatsiyasi davomida huquq-tartibot xodimlari terakt tayyorlash va uni sodir etishga undashda gumon qilinayotgan to‘rt kishini qo‘lga oldi. Qo‘lga olinganlar orasida 16 yoshli o‘smir ham bor.
Bundan tashqari, politsiya gumonlanuvchilardan birini yaraladi. Hozirgi paytda gumonlanuvchi ayol shifoxonada qo‘riqlov ostida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)