Internet tarmog‘ida Apple kompaniyasi tomonidan sinovdan o‘tkazilayotgan Lexus haydovchisiz avtomobilining fotosuratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, Kaliforniya yo‘llarida paydo bo‘lgan oq Lexus’da haydovchisiz boshqarish uskunasi o‘rnatilgan. Ular orasida 64 kanalli Velodyne Lidar Inc. lazerli radar, shuningdek, ikkita radar va bir qator kameralar bor. Ekspertlardan birining fikriga ko‘ra, datchiklarni kompaniya mustaqil ravishda ishlab chiqarmay, chetdan sotib olgan.
https://twitter.com/atbwebb/status/857717853398720512
Ilgariroq Apple Kaliforniyada haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkaza boshlashi ma’lum bo‘lgan edi. Sinovlar uchun ruxsatnomani Kaliforniya transport vositalari departamenti berdi.
Izoh (0)