29-aprel, shanba kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi poytaxtda va mintaqalarning ma’muriy markazlarida “Salomatlik sari” respublika marafonini o‘tkazadi. Aksiya hamma yerda bir paytning o‘zida — ertalabki soat 8:00 da boshlanadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Federatsiya matbuot xizmatining bildirishicha, Toshkentda aksiya Oybek va Nukus ko‘chalari kesishuvida boshlanadi (mo‘ljal: Shox Med Center klinikasi va KDB Bank Uzbekistan).
2,8 kilometrlik marafon masofasi Afrosiyob, Sharof Rashidov va Islom Karimov (sobiq O‘zbekiston) ko‘chalaridan Alisher Navoiy nomidagi Davlat katta akademiya katta teatriga qadar boradi. G‘oliblarni mukofotlash teatr oldidagi maydonda amalga oshiriladi.
Ko‘rsatilgan ko‘chalarda transport harakati soat 7:30 dan cheklanadi. Marafon ishtirokchilari ma’lum uchastkalardan o‘tishi bilan yo‘llar ochila boradi.
Barcha xohlovchilar aksiyada ishtirok etishi mumkin.
Izoh (0)