Angliya futbol uyushmasi (FA) totalizatorda pul tikkani uchun “Byornli” jamoasi futbolchisi Joui Bartonni 18 oyga futbolga oid faoliyatdan chetlatdi. Bu haqda FA rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“Bezori” laqabini olgan 34 yoshli futbolchi, shuningdek, 30 ming funt sterling miqdorida jarimaga totildi. Barton 2006-yilning 26-martidan 2016-yilning 13-mayiga qadar totalizatorda jami 1260 ta stavka qilishda ayblandi.
Futbolchi o‘z aybini tan oldi, ammo qaror o‘ta qattiqqo‘l ekanini ta’kidladi. Joui Bartonning aytishicha, FA uning faoliyatini yakunlashiga turtki qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Joui Barton futbolchilik faoliyati davomida Angliyaning “Manchester Siti” (2002–2007), “Nyukasl” (2007–2011), “Kuinz Park Reynjers” (2011–2015), Fransiyaning “Marsel” (2012–2013, ijara), Shotlandiyaning “Reynjers” (2016) hamda “Byornli” (2015–2016, 2017) klublarida to‘p surgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)