Saylovda Donald Trampga ovoz bergan amerikaliklar prezidentning Twitter mikroblogiga ishtiyoqmandligidan jiddiy xavotirda hamda shu tufayli o‘z tanlovining to‘g‘ri bo‘lganligidan shubhalanmoqda. Bu haqda Public Opinion Strategies kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
AQSh yetakchisining internetdagi yozuvlari respondentlarning 19 foizida tashvishga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqot ishtirokchilari ijtimoiy tarmoqda xabarlarning ko‘pligi “prezidentlikka xos emas”ligidan yozg‘irmoqda.
Shu bilan birga, so‘rovnoma ishtirokchilarining yarmidan ko‘prog‘i (55 foiz) Trampning Twitter’dagi izohlariga qo‘shilishini bildirdi.
Onlayn-so‘rovnoma 17–19-aprel kunlari minglab saylovchilar orasida o‘tkazildi.
Izoh (0)