Yevropa Ittifoqi Yamanga gumanitar va iqtisodiy ko‘mak sifatida 116 million yevroga teng pul ajratadi. Bu haqda Yevropa komissiyasining matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Yordam paketi 46 million yevrolik shoshilinch gumanitar ko‘mak hamda mamlakatni 2017-yilda iqtisodiy tomondan qayta tiklash uchun mo‘ljallangan 70 million yevroni o‘z ichiga oladi”, — deyiladi Yevrokomissiya axborotida.
Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi Yamandagi vaziyatga dunyodagi eng yirik gumanitar inqiroz deb qarayotganini qayd etdi. Komissiyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatning 70 foiz aholisi gumanitar yordamga muhtoj.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!