Koreya Respublikasi va AQSh harbiy-dengiz kuchlari Sariq dengizda birgalikdagi manyovrlarni boshladi. Bu haqda Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Koreya Respublikasi tomonidan manyovrlarda suv sig‘imi 4,4 ming tonna bo‘lgan ‘Van Gon’ esminetsi, Amerika tomonidan esa suv sig‘imi 9,2 ming tonna bo‘lgan, Aegis jangovar axborot-boshqaruv tizimi bilan jihozlangan Wayne E.Meyer esminetsi ishtirok etadi”, — deya ta’kidladi harbiy.
Joriy hafta yakunida Amerikaning Carl Vinson aviatashuvchisi Janubiy Koreya kemalari bilan hamkorlikdagi manyovrlarni o‘tkazadi. Ikki esminets va raketa kreyserini ham o‘z ichiga olgan zarba berish guruhi Shimoliy Koreya raketalarini kuzatish va to‘xtatib qolishni ishlab chiqadi.
Shuningdek, 25-aprel kuni dunyodagi eng yirik suvosti kemasi Michigan Koreya Respublikasi janubidagi Pusan portiga kirishi ma’lum qilinmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)