Ispaniya chempionati 33-turida “Real Madrid” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarida kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi g‘alaba to‘pini kiritdi.
Argentinalik futbolchi gol urganidan keyin futbolkasini yechib, ismi yozilgan tomonini muxlislarga qaratdi.
Mavzuga doir: “Barselona” uchun 500 ta gol urgan hujumchi “El-Klasiko” to‘purariga aylandi
Mavzuga doir: Krishtianu Ronaldu “Atletiko”ga urgan golini nishonlab, memchilar “qurboni”ga aylandi (foto)
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!