Buyuk Britaniya biznes va transport ishlari vazirligi haydovchisiz texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni 2019-yilda London yo‘lovchi avtomobillarida sinovdan o‘tkazish bo‘yicha loyihani ma’qulladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Vazirlik bu ehtiyojlar uchun tegishli konsorsiumga 12,8 million funt sterling ajratdi. Konsorsium tarkibiga sun’iy intellekt tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi FiveAI, Direct Line, Oksford universiteti, poytaxt transport tizimini boshqaruvchi Transport for London korporatsiyasi hamda Transport Research Laboratory tadqiqot kompaniyasi kirdi.
Qo‘shimcha mablag‘ xususiy manbalardan jalb etiladi.
Rejaga muvofiq, 2019-yilga kelib konsorsium haydovchisiz avtomobil boshqarish tizimini taqdim etadi. Sinovlar London ko‘chalarida hamda undan tashqarida o‘tkaziladi.
Izoh (0)