Rossiyaning Dog‘iston mintaqasi, Sumadin tumanidagi maktabda granata portlab ketishi oqibatida bir bola halok bo‘ldi, 11 nafari jarohat oldi. Bu haqda, respublika IIVga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Agvali qishlog‘idagi o‘quv muassasasiga granatani o‘quvchilardan biri olib kelgan. Portlash kompyuter sinfiga ro‘y bergan.
Jinoyatni sodir etgan o‘quvchi qo‘lga olinib, politsiyaga topshirilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u oltinchi sinf o‘quvchisidir.
Tergov davomida bola granatani ko‘chada topib olganini aytgan.