Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi ahvolni o‘rganish maqsadida hududiy komissiya tomonidan 10 kunlik o‘rganishlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ushbu o‘rganishlar natijasida tumanda ayrim profilaktika inspektorlarining malakasizligi, o‘zining bilim va ko‘nikmalarini hamda amaliy tajribasini oshirishga istagi va intilishi yo‘qligi, ayrim holatlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida mas’ul bo‘lgan davlat va nodavlat idoralari, ayniqsa, mahalla, “Oila” markazi, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” va keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik qilmaganligi, shuningdek, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganligi aniqlandi.
Jumladan, o‘rganishlar jarayonida tuman xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati tahlil qilindi va 329 ta shar’iy nikohda bo‘lgan oilalar aniqlandi. O‘n kunlik o‘rganish davomida mazkur oilalarning qonuniy nikohdan o‘tishi va tug‘ilgan farzandlarini tug‘ilganlik guvohnomalari bilan to‘liq ta’minlashga erishildi.
Izoh (0)