AQSh Shimoliy Koreyaning amaldagi davlat boshqaruvi rejimini qulatishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda, KXDR hukumat gazetasida chop etilgan maqolaga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Harbiy xodimlar ma’lumotlariga tayangan gazetada qayd etilishicha, Vashington yarim orol sohiliga birdaniga “bir necha aviatashuvchi zarba berish guruhi”ni yuborgan. Pxenyan Vashingtonni “KXDRda amalda bo‘lgan rejimni qulatish bo‘yicha telbalarga xos maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilmoqda” deb hisoblamoqda.
Shu munosabat bilan “Minchju Choson” nashri Koreya xalq armiyasi raqiblari biror noxush harakat qilsa, ularga shafqatsiz hujum berishini aytib, ogohlantirdi. Maqolada aytilishicha, hujumlar “AQSh va uning qo‘g‘irchoqlari armiyalarinining so‘nggi askarigacha yo‘qotadigan darajada kuchli bo‘ladi va natijada hech kim so‘zsiz taslim bo‘lish to‘g‘risidagi hujjatga imzo ham cheka olmaydi”.
Nashr Tramp boshchiligidagi AQSh ma’muriyatiga aqlni ishlatib ish yuritishni taklif qildi. Negaki “tajovuzkorlar Koreya yarim orolida ham, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi sohillaridagi bazalarida ham, shuningdek, AQShning qit’aviy hududida ham yadro hujumlaridan qochib qutula olmaydi”.
Izoh (0)