Fransiyaning Bezanson shahrida shubhali avtomobil tufayli saylov uchastkasi evakuatsiya qilindi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, saylov uchastkasi yonida turgan avtomobil olib qochilgan mashinalar hisobida turadi, unga soxta raqamlar o‘rnatilgan.
Voqea joyida sapyorlar ishlamoqda, uchastka hududi o‘rab olingan.