Italiya A seriyasining 33-turida “Fioretina” Milanning “Inter” klubi darvozasiga 5 ta gol urdi.
Mazkur bellashuvda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi xet-trik qayd etgan bo‘lsa ham, bu gollar “Inter” uchun aqalli 1 ochko olib bera olmadi. Uchrashuvda, shuningdek, “Fiorentina” futbolchilari penaltidan aniq foydalana olmadi.
Bugun — 23-aprel kuni yana 7 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Ularning starti Toshkent vaqti bilan ko‘rsatib o‘tilgan.
Ahamiyatli tomoni shundaki, “Yuventus”ning “Jenoa”ga qarshi o‘yini uik-endning eng qiziqarli to‘qnashuvi sifatida e’tirof etilayotgan “El-Klasiko” bilan bir vaqtda boshlanadi.
A seriya o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qiluvchi “Sport” telekanali uch bellashuvni olib berishni rejalashtirgan. “Milan” va “Yuventus” ishtirokidagi o‘yinlar jonli efirda ketsa, “Napoli”ning uchrashuvi kechasi 01:45 da — yozib olingan holda taqdim etiladi.
Italiya A seriyasi 33-tur o‘yinlari 22-aprel, shanba
“Atalanta” — “Bolonya” 3:2
Gollar: Andrea Konti, 3 (1:0). Remo Froyler, 14 (2:0). Mattiya Destro, 16 (2:1). Federiko Di Franchesko, 61 (2:2). Mattia Kaldara, 75 (3:2).“Fiorentina” — “Inter” 5:4
Gollar: Matias Vecino, 23 (1:0). Ivan Perishich, 29 (1:1). Mauro Ikardi, 34 (1:2). Davide Astori, 63 (2:2). Matias Vecino, 64 (3:2). Xouma Babakar, 70 (4:2). Xouma Babakar, 79 (5:2). Mauro Ikardi, 88 (5:3). Mauro Ikardi, 90+1 (5:4).Noanqi penalti: Federiko Bernardeski, 52 (F).23-aprel, yakshanba“Sassuolo” — “Napoli” — 15:30“Kyevo” — “Torino” — 18:00“Latsio” — “Palermo” — 18:00“Milan” — “Empoli” — 18:00“Yuventus” — “Jenoa” — 23:45