Eronning sobiq prezidenti, navbatdagi saylovda nomzodlar ro‘yxatiga kira olmagan Mahmud Ahmadinajod ushbu lavozimga da’vogarlik qilayotgan hech bir siyosatchini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bayonot beramizki, kelayotgan saylovda nomzodlardan hech birini qo‘llab-quvvatlamaymiz”, — dedi u G‘arb matbuotiga bergan bayonotida.
Ahmadinajod aprel oyida prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun hujjatlarini topshirgan edi. Ammo ro‘yxatga faqat to‘rt nomzod kiritildi. Ular orasida amaldagi davlat rahbari Hasan Ruhoniy bor.