Xitoy olimlari kosmik vaznsizlik sharoitlarida tana hujayralarining bo‘linishi va embrion shakllanishini o‘rganishga kirishishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bu muhim tajriba, chunki biz insoniyat kosmosni tadqiq etish jarayonida qanday ko‘payishini tushunish uchun birinchi qadamni qo‘ymoqdamiz”, — dedi loyihaga bevosita aloqasi bo‘lgan Pekindagi Sinxua universiteti professori Kenkuy Ki jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga qaraganda, “Tyanchjou-1” kosmik yuk tashuvchisi zarur biomaterialni orbitaga yetkazgan. Unda inson ko‘payishi jarayoniga mikrogravitatsiya, kosmik gravitatsiya va magnit maydonlarining ta’siri o‘rganiladi.
Tajriba 30 kun davom etadi. Xitoylik mutaxassislar Yerdan turib qurilmani nazorat qilishni rejalashtirmoqda. Qurilma odam embrioni tana hujayralarining homilaga aylanish jarayonini ta’minlaydi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)