MTRKning “Sport” telekanali bugun — 22-aprel kuni Italiya A seriyasidan joy olgan ikki uchrashuvni jonli namoyish qiladi.
Toshkent vaqti bilan 20:55 da yevrokuboklar uchun juda yaqin kelayotgan “Atalanta”ning “Bolonya”ga qarshi o‘yini start olsa, 23:40 da kunning markaziy o‘yini bo‘lib o‘tadi va unda Milanning “Inter” klubi “Fiorentina” mehmoni bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, “Inter” va “Fiorentina” klublari kelasi mavsum Yevropa ligasida to‘p surish uchun raqobat olib bormoqda.