O‘zbekiston Oliy sudi raisi Shoyunus G‘oziyev Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zA.
Qarshi shahridagi O‘zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonasi va Qarshi san’at kollejida tashkil etilgan sayyor qabullarda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat jinoyat, xo‘jalik, fuqarolik sudi raislari va sudyalari, Qarshi shahridagi mahallalar raislari, ularning maslahatchilari, tadbirkorlar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Viloyatdagi O‘zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalariga murojaat qilayotgan har bir fuqaroning ariza va shikoyati o‘z vaqtida xolisona ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilmoqda. O‘tgan davr mobaynida viloyatdagi Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 5179 murojaatning 137 tasi sud amaliyoti bilan bog‘liqdir.
Sayyor qabulda Qarshi shahridagi fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, keksalar, xotin-qizlar tomonidan ularning yaqinlari va o‘zlari ustidan chiqarilgan sud hukmlaridan noroziligi bo‘yicha Prezident Virtual qabulxonasi va joylardagi Xalq qabulxonalariga qilgan yozma va og‘zaki murojaatlari tinglandi, qayta ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)