G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi ukrainalik legioner Aleksandr Pishchurni futbolchilar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi. Bu haqda “Futbol Ekspress” gazetasi klub bosh direktori Shodi Namozovga asoslanib ma’lumot berdi.
Pishchur bilan shartnomani bekor qilamiz. Chunki uning jismoniy holati hozir talabimizga javob bermaydi. U o‘tgan turda qaydnomaga ham kiritilmadi.Ma’lumot uchun: “Sho‘rtan” bunga qadar bosh murabbiy Aleksandr Volkovni va unga qo‘shib futbolchilar Ruslan Vagapov hamda Jahongir Jiyamurodovni jamoadan chetlashtirgandi. Bu qaror o‘zini oqlab, “Sho‘rtan” ketma-ket ikki turda Toshkent grandlarin taslim qildi. Avvaliga mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” ustidan 2:0 hisobida ustun kelgan G‘uzor klubi, keyinroq “Paxtakor” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga erishdi.Shodi Namozov, “Sho‘rtan” bosh direktori
Ma’lumot uchun, Aleksandr Pishchur faoliyati davomida jami 17 bor klub almashtirgan bo‘lib, 13 ta klub safida aylanib yuravergan. Jumladan, u Toshkentning “Bunyodkor” va Namanganning “Navbahor” klublarida ham to‘p tepgan.
Pishchur 29-yanvar kuni 36 yoshni qarshi olgandi. U 2017-yilgi mavsumda ikki o‘yinda jami 160 daqiqa to‘p surib, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Izoh (0)