Bolgariyaning “Ludogorets” jamoasi yarim himoyachisi Virgil Misidyan “Liteks”ga qarshi mamlakat Kubogi yarim finalida sharmandali holat sababchisi bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Gollandiyalik futbolchi ikki metr masofadan bo‘sh qolgan darvozaga gol ura olmadi. Misidyan aniq zarba bera olmadi va to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
Futbolchining mo‘ljaldan adashishiga qaramay, “Ludogorets” yakunda 4:0 hisobida zafar quchdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)