21-aprel kuni Buxoro shahridagi “Parizod” to‘yxonasi davrasiga karnay-surnay sadolari ostida birin-ketin 10 juft kelin-kuyov kirib keldi, deb xabar beradi O‘zA.
Yangi oila qurayotgan yigit-qizlarning ota-onalari, qarindoshlari, mahalla faollari, faxriylar, jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etgan nikoh to‘yida har bir tumanning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan tadbirlar dasturi davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Kelin-kuyovlarga nikoh uzuklari, bayramona milliy libos hamda sarpolar sovg‘a qilindi, tantanali ravishda nikoh guvohnomalari, zamonaviy yotoqxona mebellari to‘plami topshirildi.
Nikoh to‘ylari arafasida kelin-kuyovlarning ish bilan ta’minlangan yo ta’minlanmagani o‘rganilib, ishsizlari tegishli tartibda ishga joylashtirildi. Tantanali marosimda ularga mehnat daftarchalari ham topshirildi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur xayriya tadbirida Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev so‘zga chiqdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)