“Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etayotgan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova rasmiy sayti orqali soxta akkaunti haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Yulduz.uz”

Foto: “Yulduz.uz”

Ogohlantirishda, jumladan, shunday deyiladi:

“Yana bir bor eslatib o‘tamiz — Instagram’dagi ‘yulduzusmonova’ akkauntining Yulduz Usmonovaga hech qanday aloqasi yo‘q. Fotomateriallarga diqqat bilan qaralsa, barchasida suv belgilari o‘chirilgan. Instagram’dagi folloverlar soniga e’tibor qilmang, barcha sharhlarga soxta Yulduz Usmonova javob qaytaradi.

Yulduz Usmonovaning rasmiy tarmoqlarida san’atkorning barcha suratlariga suv belgilari qo‘yilgan. Barcha rasmiy sahifalar bizning saytimizda ko‘rsatilgan”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!