Yevropa ligasining finali uchun “Yunayted” Vigoning “Selta” klubi bilan kurashadi

Yevropa ligasining yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Chorak finaldan keyin bu bosqichga “Ayaks” (Gollandiya), “Manchester Yunayted” (Angliya), “Lion” (Fransiya) va “Selta” (Ispaniya) klublari yetib kelgandi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Final ostonasida chempionlik uchun asosiy da’vogar hisoblangan “Manchester Yunayted” futbolchilari Vigoning “Selta” klubiga qarshi kurash olib boradigan bo‘ldi.

Ikkinchi juftlikni esa “Ayaks” va “Lion” tashkil qildi. Dastlabki o‘yinlar 4-may kuni bo‘lib o‘tsa, javob bellashuvlari 11-may kuniga tayin qilingan.

Avvalroq Chempionlar ligasida “Real” “Atletiko” bilan, “Yuventus” esa “Monako” bilan to‘qnash kelishi aniq bo‘lib ulgurgandi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing