UzReport Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi qur’asini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatadi

Bugun — 21-aprel kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi musobaqalarining yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Foto: UEFA

Foto: UEFA

Chempionlar ligasining qur’asi Toshkent vaqti bilan 15:00 da, Yevropa ligasiniki esa 16:00 da boshlanadi. Mazkur ikki musobaqani O‘zbekiston hududida translyatsiya qiluvchi UzReport telekanali qur’a marosimlarini jonli ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar “Real”, “Atletiko”, “Yuventus” va “Monako” klublari yetib kelgan bo‘lsa, Yevropa ligasi g‘olibligi uchun “Manchester Yunayted”, “Lion”, “Selta” va “Ayaks” kurashda qolgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing