Toshkentda taymerli svetoforlar sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkentning Nurafshon va Xumdonsoy ko‘chalari kesishgan chorrahada taymerli svetoforlar o‘rnatildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidan ma’lum qilishlaricha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bu svetoforlar sinov tariqasida o‘rnatildi.

Sinov yakuniga yetganidan so‘ng, bunday svetoforlar boshqa chorrahalarga ham o‘rnatiladi. Piyodalar svetoforlariga ham taymerlar o‘rnatish-o‘rnatilmasligi hozircha noma’lum.

Shaharda avval ishlatilgan shunday svetoforlardan farqli o‘laroq, sariq signal o‘rnidagi raqamlar rangli — svetoforning taqiqlovchi signali vaqtida taymer raqamlarni qizil rangda, harakatga ruxsat beruvchi signal vaqtida — taymer yashil rangda bo‘ladi.

Qayd etish joiz, avvalroq YHXB vakillari Toshkentning qoidabuzarliklarni qayd etish bo‘yicha kameralar o‘rnatilgan 115 chorrahalariga taymerlarni tatbiq etish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan edi. Shaharda 400 dan ziyod chorraha mavjud.

O‘zbekistonning bir qator shaharlarida taymerli svetoforlardan bir necha yildan beri foydalanib kelinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing