Sankt-Peterburg metrosida uyushtirilgan teraktda jarohatlangan Natalya Mitrofanova shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda shahar hokimining o‘rinbosari Anna Mityanina bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “Gazeta.ru”.
1960-yilda tug‘ilgan ayol og‘ir ahvolda edi. U 21-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:05 da vafot etdi.
Terakt qurbonlarining umumiy soni, terrorni uyushtirganlikda gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilov bilan birga hisoblanganda, 16 kishini tashkil etdi.