Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakat qurolli kuchlarining Shimoliy Koreya chegaralariga olib kelinishi haqidagi savolga izoh berib o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Qo‘shinlarning mamlakat ichidagi dislokatsiyasi masalasi ommaviy muhokama qilinmaydi”, — dedi u.
Bir muddat ilgari “DVhab.ru” portali Uzoq Sharqda Rossiya qo‘shinlari ommaviy tarzda KXDR chegaralari yaqiniga olib kelinayotgani xabar qilingan edi. Bunga asos sifatida odamlar tomonidan tahririyatga yuborilgan foto va videomateriallar ko‘rsatilgan edi.
Izoh (0)