Parij arxitektura maktabi arxitektorlari Aksel de Stampa, Silven Mako va Giyom Devo ochiq kameralardan iborat ulkan kema ko‘rinishidagi qamoqxona loyihasini yaratdi, deb xabar beradi TJournal.

Foto: 1week1project

Foto: 1week1project

Qamoqxonaga Panama Papers Jail deb nom berildi. Loyiha g‘oyasiga binoan kema-qamoqxona “Panama hujjatlari” deb ataluvchi moliyaviy mojaro ishtirokchilariga mo‘ljallangan.

Foto: 1week1project

Foto: 1week1project

Muxbirlar ushbu loyihani “Taxtlar o‘yini” serialida Tirion Lannister qamab qo‘yilgan “fazoviy kameralar” bilan taqqosladi.

Foto: 1week1project

Foto: 1week1project

Rejalarga ko‘ra, kema bortida bir vaqtda jami 3300 mahbusni qamash mumkin. Shunda har bir mahbusga hududi 9 kvadrat metrga teng kamera beriladi. Ushbu kameralar birgalikda ulkan “yelkan”ni hosil qiladi. “Yelkan”da kameralardan tashqari ustaxona, ma’muriy markaz va oshxona ham bor.

Foto: 1week1project

Foto: 1week1project

Kema burnida sport maydoni, markazida qishloq xo‘jaligi maydoni, yuklar uchun mo‘ljallangan ostki qismda suvni sho‘rsizlantiradigan qurilma, kemaning ort qismida esa personal uchun korpus joylashgan.

Foto: 1week1project

Foto: 1week1project

Loyiha mualliflari kemani Panama yaqinidagi xalqaro suvlarda joylashtirishni taklif qilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!