Chempionlar ligasi yarim finalida Madrid derbisi va “Monako” — “Yuventus” to‘qnashuvi bo‘ladi

Chempionlar ligasining yarim finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: UEFA

Foto: UEFA

Bir yil muqaddam finalda to‘p surgan Madridning ikki klubi — “Real” va “Atletiko” yarim finalda to‘qnash keladigan bo‘ldi. Tomonlar avval “Santyago Bernabeu”da, keyin kuni esa “Visente Kalderon”da hisob kitob qiladi.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasida qatorasiga ikki bor zafar quchish hech bir klubga nasib qilmagan. Ayni paytda “Real”da buning uchun imkoniyat bor.

Final ostonasidagi ikkinchi juftlikni “Monako” va “Yuventus” klublari tashkil etdi.

Yarim finalning ilk o‘yinlari 2—3-may kunlari, javob bellashuvlari esa 9—10-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Chempionlar ligasi
Yarim final

“Real” — “Atletiko”
“Monako” — “Yuventus”

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing