Bezorilik hamda politsiyaga hujum qilgani uchun chixuaxua hibsga olindi

Shimoliy Irlandiyaning Kreygavon shahri politsiyasi chixuaxuani hibsga olishga majbur bo‘ldi, deb xabar qildi Meduza.

Kuchuk 19-aprel ertalabki soat 03:00 da ko‘chalar nazorati payti — u ko‘chani kesib o‘tayotganida topilgan. Politsiya xodimlari kuchukka Nayjel laqabini berdi.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

“U ruxsat etilmagan joydan yo‘lni kesib o‘tgani, bezoriligi va ikki marta politsiyachiga hujum qilgani uchun hibsga olindi”, — deya hazillashdi politsiya xodimlari.

Politsiyadagilar Facebook’da qoldirilgan post orqali chixuaxuaning egasini topishga umid bog‘lagan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Nayjel “kichkina jahldor” va “politsiyaga nisbatan juda jiddiy kayfiyatda” bo‘lgan. “Menga o‘zimning barmoqlarim juda yoqadi, ammo kuchuk yana bir kecha qoladigan bo‘lsa, barmoqsiz qolishim tayin”, — deb yozdi xodimlardan biri.

19-aprel kuni kechasi politsiyachilar kuchukning egasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Itning laqabi — Simba bo‘lib chiqdi. “U, shubhasiz, o‘zini sher deb o‘ylaydi”, — deya ta’kidladi politsiyadagilar.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing