Belarusda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Ravon avtomobillari sotuvi boshlandi. Bu haqda “1News.uz” xabar bermoqda.

Foto: “1News.uz”

Foto: “1News.uz”

“Aslida bizning bozor uchun Ravon avtomobillari yangilik emas, chunki ular avval Belarusda Chevrolet brendi ostida sotilgan. Barcha modellar bir necha yildan beri ishlab chiqarilmoqda va to‘plangan statistika Ravon juda ishonchli avtomobil ekanligini ko‘rsatmoqda. Shu sababli kompaniyamiz mazkur markaning bosh dileri bo‘lishga qaror qildi”, — deydi “Multimotors” kompaniyasi direktori Sergey Jlobo.

“Multimotors” Belarusda yiliga mingtagacha Ravon avtomobilni sotishni rejalashtirmoqda.

Ularni kredit va lizingga (jismoniy shaxslar uchun ham) olish, shuningdek, trade-in tizimida xarid qilish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!