AQSh Davlat departamenti General Motors’ning Venesueladagi zavodi xatlanishi bilan bog‘liq tafsilotlarni o‘rganmoqda

Vashington Amerikaning General Motors avtomobilsozlik kompaniyasining Venesueladagi zavodi xatlanishi bilan bog‘liq tafsilotlarni o‘rganmoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Mark Toner ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Biz ish tafsilotlarini o‘rganyapmiz”, — dedi Toner. Mansabdor qo‘shimcha qilishicha, Amerika tomoni masalaning “tezkor va shaffof tarzda” hal bo‘lishiga umid qilmoqda.

Avvalroq General Motors konserni Venesuela hukumati mamlakat shimolidagi Valensiya sanoat zonasida joylashgan avtomobil zavodini noqonuniy ravishda egallab olganini ma’lum qilgan edi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya korxonaning noqonuniy ravishda egallab olinishi kompaniyaning o‘ziga, zavodning 2678 nafar ishchisiga, 79 ta dilerga, shuningdek, barcha yetkazib beruvchilarga o‘nglanmaydigan zarar yetkazishini aytdi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing