Xitoy o‘zi ishlab chiqqan dastlabki kosmik yuk kemasi — “Tyanchjou-1”ni orbitaga uchirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

Parvoz Xaynan viloyatidagi Venchan kosmodromidan Toshkent vaqti bilan 16:40 da amalga oshirilgan. “Chanchjen-7” raketa-tashuvchisining birinchi yuk kemasi bilan birgalikdagi start Xitoy Markaziy televideniyesi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilgan.

“Tyanchjou-1” orbitadagi “Tyangun-2” moduli bilan birikishi lozim. Shundan so‘ng “Tyanchjou-1” yordamida orbitada uch oylik avtonom missiya tashkil etiladi, missiya davomida bir qator tajribalar o‘tkaziladi.

Xitoy nashrlarining qayd etishicha, yuk kemasining uchirilishi 2020-yillarga borib mamlakat o‘z kosmik stansiyasiga ega bo‘lishi imkoniyatlarini yanada oshiradi.

Xitoy o‘zining boshqariladigan ilk kosmik kemasini 2003-yilda uchirgan. 2011-yili Xitoy orbital stansiyasi tashkil etilgan, bir yildan so‘ng unga birinchi marta boshqariladigan parvoz amalga oshirilgan.

Xitoy bungacha Oyga modullar va lunoxodlarnini muvaffaqiyatli uchirgan (modullarning ba’zilari Yerga ham qaytib kela olgan), sayyoralararo sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqib, uchirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!