Sayohatingizni yengillashtiruvchi 10 ta usul

Bahor kelishi bilan ta’til va sayohatlarni rejalashtira boshlaymiz. Mustaqil sayohat qilish bo‘yicha oz bo‘lsa-da tajribaga ega bo‘lganlar mehmonxona va xususiy kvartiralarni bronlashtirish xizmatlari bilan tanish bo‘lsa kerak.

AdMe sayohat qilish jarayonini arzonlashtiruvchi usullarni e’tiboringizga havola etadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Hospitality Club — chet elda do‘stlar topish va mehmonga borish

Hospitality Club yoki “Mehmondo‘stlik klubi” mehmonlar uchun mo‘ljallangan eng yirik xalqaro ijtimoiy tarmoq. Klub a’zolari bir-biriga nafaqat tunash joyi, balki boshqa ko‘maklarni ham ko‘rsatadi.

“Nesterov” poyezdi

“Nesterov” poyezdi Yevropaga 40—70 foiz arzonroq yetib olish imkonini beradi. 29-raqamli Moskva—Kaliningrad poyezdi Vilnyus orqali o‘tadi, biroq chiptalari narxi ichki yo‘nalishlar kabi, qimmat emas.

Hotel Tonight — mehmonxonalardan diskont taklif

Hotel Tonight dasturi safarga chiqishning oxirgi daqiqasida mahmonxona va xostel xonalarini chegirma bilan band qilish imkonini beradi.

Sandemans New Europe — tekin ekskursiyalar

Sandemans New Europe Yevropa va Yaqin sharqning 18 ta shahri bo‘ylab tekin piyoda ekskursiyalarni taklif qiladi. Ularni iste’dodli gid-volontyorlar olib boradi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Last minute — “yonayotgan” chiptalar

Last minute — aviakompaniya va mehmonxonalarning “yonayotgan” takliflarini to‘plovchi onlayn resurs. Ertangi tonggi reys uchun aviachipta qidirishni aynan undan boshlashingiz mumkin.

AirPnP — tekin hojatxonalar qidiruvi

AirPnP — nafaqat pulingiz, balki vaqtingiz (ehtimol, asab hujayralaringiz)ni ham iqtisod qiluvchi original dastur. Servis yaqin atrofdagi hojatxonalar (pullik va tekin) joylashuvini ko‘rsatadi.

Roamer — o‘z raqamingizdan mahalliy tariflar bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilish

Ushbu dastur yordamida qo‘ng‘iroqlarni minimal tariflar bo‘yicha amalga oshirish uchun chet el sim-kartasiga o‘z raqamingizni ulashingiz mumkin.

Home Exchange — uy va kvartiralarni almashish

Hozirda servis bazasida dunyoning 150 ta mamlakatida joylashgan 65 mingdan ortiq uy va kvartira mavjud. Almashuv har doim ham bir vaqtning o‘zida amalga oshmaydi: ko‘pincha sayohatchilar bir-birinikiga navbat bilan mehmonga boradi.

Protect Free VPN+Data Manager — internetdan tejash

Protect Free VPN+Data Manager dasturi istalgan ko‘rinishdagi ma’lumotlarni siqish imkonini beradi, bu esa internet trafikni ancha tejashga yordam beradi.

BeepCar — hamroh qidirish

BeepCar avtomobil safarlarida hamroh topishga yordam beradi. Haydovchilar rejalashtirayotgan sayohatlari haqidagi ma’lumotni dasturga joylaydi, yo‘lovchilar esa yo‘nalish va vaqti bo‘yicha mos keluvchi variantni tanlab haydovchi bilan benzin xarajatlarini bo‘lishadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing