Soch yuvishga vaqt topilmagan paytlarda quruq shampun ko‘rinishidagi ekspress-vosita juda qo‘l keladi. Lekin ko‘pchilik quruq shampunni boshqa maqsadlarda ham ishlatish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega emas.

Foto: Posta Magazine

Foto: Posta Magazine

1-usul: Soch rangini himoya qilish uchun.

Ma’lum bo‘lishicha, har kuni yuvish bo‘yalgan sochlarga zarar keltiradi, chunki birinchi navbatda bo‘yovchi pigmentlar yuvilib ketadi va sochlar rangi xira bo‘lib qoladi. Stilistlarning ta’kidlashicha, quruq shampundan foydalansangiz sochlaringizni ko‘p yuvishga to‘g‘ri kelmaydi va bo‘yalgandan keyin ularning rangi uzoqroq saqlanadi.

2-usul: Ildizlar yaqinidagi sochlarga hajm berish uchun.

Buning uchun boshni pastga engashtirish va shampunni soch ildizlariga sepish kerak. Keyin biroz kuting va sochlarni qo‘lingiz bilan silkiting.

3-usul: O‘sgan ildizlarni yashirish uchun.

Eng noqulay paytda sochingiz ildizlari o‘sganini payqab qolasiz. Sochlaringiz rangini tezlikda yangilash uchun quruq shampundan foydalanishingiz mumkin.

4-usul: Sochlar elektrlanishini kamaytirish uchun.

Quruq shampun itoatsiz sochlarni “tinchitish”ga yordam beradi. Ozroq miqdorda qo‘llaringizga seping va ildizlariga tekizmasdan uzunligi bo‘yicha bir tekisda surib chiqing.

Manba: “Vogue.com”