Internetda Apple’ning yangi kampusi qurilishi aks etgan videohisobot namoyish etildi

Internetda Apple Campus 2 aks etgan aerovideosyomka materiallari e’lon qilindi. Korporatsiyaning yangi kampusidagi qurilish deyarli yakunlangan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Videolavha YouTube’dagi Duncan Sinfield kanalida e’lon qilindi.

Bloger kampus qurilishi yeridan muntazam ravishda videohisobotlar chop etib boradi. Yaqinda quruvchilar bino perimetri bo‘yicha shisha panellar o‘rnatishni, shuningdek, quyosh batareyalari uchun panellar o‘rnatishni tugatdi.

Ayni paytda ichki bezash ishlari hamda mebel o‘rnatish davom etmoqda. Parallel ravishda atrof obodonlashtirilmoqda.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing