15-aprel kuni Suriyaning Aleppo shahrida amalga oshirilgan terrorchilik hujumi oqibatida 130 kishi, shu jumladan, 67 nafar bola halok bo‘lgan, 200 kishi yaralangan. Bu haqda BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura ma’lumot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
“Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, portlash oqibatida 130 dan ortiq odam, shu jumladan, 67 bola halok bo‘ldi, 200 dan ortiq odam jarohatlandi. Bu barcha uchun qo‘rqinchli xabar bo‘ldi”, — ta’kidladi BMT vakillari.
Alepponing Roshidin tumanida amalga oshirilgan xudkushlik hujumi muqaddam BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tomonidan keskin qoralangan edi. Terakt qurbonlari haqidagi yakuniy ma’lumotlar endi oshkor etilmoqda. Oxirgi marta qurbonlar soni 100 dan ortgani bildirilgan edi.