Suriya prezidenti Bashar Asad “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida IShID terrorchi guruhi rahbari Abubakr al-Bag‘dodiyning qo‘lga olinganini inkor qildi.
Bir muddat ilgari qator OAVda Suriya hududida, Iroq chegarasi yaqinida al-Bag‘dodiy qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo ushbu axborot o‘z tasdig‘ini topmadi.
“Yo‘q, bu haqiqat emas... Chegara hozir IShID nazorati ostida, u Suriyaniki yoki Rossiyaniki, Amerikaniki emas, hech kimniki emas. Faqat IShID ushbu chegarani nazorat qilmoqda, shu bois al-Bag‘dodiy uchun u yerda bo‘lish xavfsizdir”, — ta’kidladi Asad.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)