O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pasxa bayrami munosabati bilan Moskva va butun Rus Patriarxi Kirillga maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Davlat rahbari o‘z maktubida O‘zbekistonda “ko‘p millatli madaniy merosni qayta tiklash va ehtiyotlik bilan asrash bo‘yicha, shuningdek, dinlararo bag‘rikenglik va do‘stona muhitni mustahkamlash borasida keng miqyosli tadbirlar faol amalga oshirilayotgani”ni qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev “bu yil 145 yilligini nishonlayotgan Toshkentdagi yeparxiya mamlakatimizda tinchlik va rivojlanishning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qiladigan ma’naviy qadriyatlar kengayishiga bundan keyin ham o‘zining sezilarli hissasini qo‘shishi”ga ishonch bildirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)