Nyufaundlend sohilida qisqa muddatga yuzlab aysberglar to‘plandi, deb ma’lum qiladi TJournal.
Har bahor Kanadaning Nyufaundlend va Labrador provinsiyasi bo‘ylab aysberglar suzib o‘tadi. O‘nlab muz qoyalar arktik suvlardan chiqib kelib, ba’zan Ferrilend shahri yaqinidagi sayozlikda qolib ketadi.
Xalq orasida ushbu manzara “aysberglar xiyoboni” deb ataladi. Ferrilendga ko‘plab turist va fotograflar tashrif buyurib, ushbu noyob tabiat hodisasini kuzatadi.
Bu yil ham ijtimoiy tarmoqlarda aysberglar xiyoboni aks etgan ko‘plab fotosuratlar paydo bo‘ldi.
Izoh (0)