Qahva turli mamlakatlarda sevimli ichimlik sifatida iste’mol qilinadi. Uni tayyorlash va iste’mol qilishning ham o‘ziga xos usullari bor. AdMe nashri turli mamlakatlarda tayyorlanadigan bir finjon qahva aks etgan jamlanmani taqdim etdi.
Tuxumli qahva (Vyetnam)
Retsept tuxum sarig‘i, quyultirilgan sut, shakar va qaynoq qahvadan iborat.Laplandiya qahvasi (Finlyandiya)
Chashkaga avval laplandiya pishlog‘i, keyin qahva quyiladi.Rimcha espresso (Italiya)
Espressoni tayyorlashda limon suvi siqib qahvaga solinadi.Lagrima (Argentina)
Sut ko‘pigiga bir necha tomchi achchiq qahva qo‘shiladi. Sodda qilib aytganda, bu qahvali sut hisoblanadi.Bonbon (Ispaniya)
Bu quyiltirilgan sutli qahva. Yarim hissa quyultirilgan sutga teng miqdorda qahva qo‘shiladi.Ziravorli qahva
Kunjut, qora murch donalari va muskat yong‘og‘i qahva donalari bilan aralashtiriladi va o‘tkir ichimlik hosil bo‘ladi.Choyli qahva
Qora choy, murch, quyultirilgan sut va qahva aralashmasidan iborat ichimlik birinchi ho‘plamdayoq ajib taassurot uyg‘otadi.Frappe (Gretsiya)
Ichimlik qahva, muzqaymoq, sut va muzli suvdan iborat bo‘ladi.Farisey (Germaniya)
Germaniyada yaratilgan ichimlik oilaviy tantanalarda alkogolli ichimliklar borligini yashirishga xizmat qilgan. Ko‘p miqdordagi quritilgan sut ostida qahva bilan birga rom yashirinadi.Touba (Senegal)
Qahvani qovurish vaqtida gvineya qalampiri qo‘shiladi. Ichimlik tozalangan qahva kabi damlanadi.Sarimsoqli va asalli qahva (Turkiya)
Turkiyada ommabop sanaladigan ichimlik “Keksa mavr retsepti” deb ham ataladi.Apelsinli qahva (Yamayka)
An’anaviy yamayka qahvasi rom qo‘shib tayyorlanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)