Sverdlovsk viloyatida istiqomat qiladigan 21 yoshli Polina Popova “Rossiya go‘zali–2017” tanlovi g‘olibiga aylandi. Bu haqda 16-aprel, yakshanba kuni “TASS” xabar berdi. Tanlovda mamlakatning 50 nafar eng chiroyli qizlari ishtirok etdi.
Tanlovda moskvalik Kseniya Aleksandrova ikkinchi (birinchi vitse-go‘zal), boshqirdistonlik Albina Axmyatova esa uchinchi o‘ringa (ikkinchi vitse-go‘zal) sazovor bo‘ldi.
Tanlov g‘olibiga oq oltindan yasalgan, javohir va marvarid bilan bezatilgan umumiy qiymati 1 million dollardan ortiq bo‘lgan toj topshirildi. Bundan tashqari, 2017-yilgi “Rossiya go‘zali” 3 million rubl mukofot puli va avtomobilga ega bo‘ldi.
Polina Popova “Dunyo go‘zali” va “Koinot go‘zali” tanlovlarida Rossiya sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)