Angliyaning “Lester” klubi Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l olish imkoniyatlarini kamaytirdi.
Bu yo‘ldagi ilk uchrashuvni Madridda “Atletiko”ga qarshi o‘tkazgan Kreyg Shekspir jamoasi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindagi yagona gol birinchi bo‘limda penaltidan kiritildi.
Ma’lumot uchun, “Lester” posboni Kasper Shmeyxel nimchorak finalda “Sevilya” futbolchilarining 2 ta penaltisini qaytarishga muvaffaq bo‘lib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqqandi.
“Sevilya”ni o‘z maydonida 2:0 hisobida taslim qilgan APL klubi, “Atletiko”ga qarshi javob o‘yinida ham shundan umid qiladi.
“Lester” Chempionlar ligasida ilk bor ishtirok etayotgan bo‘lsa, “Atletiko” musobaqaning amaldagi finalchisi hisoblanadi.
Yevropa Chempionlar ligasi Chorak final 12-aprel, chorshanba
Izoh (0)