2017-yil Yaman, Nigeriya va Afrika shoxi mamlakatlari ochlikdan xarob bo‘lishi mumkin. Bu haqda BMTning Qochoqlar bo‘yicha agentligi ogohlantirmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Agentlik matbuot kotibi Edrian Edvards qurg‘oqchilik va moliyalashtirish manbalarining yetarli emasligi hisobiga yaqin orada mintaqa 2011-yilda sodir bo‘lgan inqirozdan-da yomonroq gumanitar inqirozga duch kelishini aytdi. 2011-yildagi inqiroz natijasida 260 mingdan ziyod kishi ochlikdan halok bo‘lgan, ulardan yarmi besh yoshgacha bolalar bo‘lgan.
Edvards hozirga qadar agentlik ushbu mamlakatlarda gumanitar faoliyatni davom ettirish uchun zarur moliyalashtirishning 3 dan 11 foizigacha bo‘lgan qismini qabul qilib olganini ma’lum qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)