Angliya Premyer-ligasining 32-turida Joze Mourinyo boshchilik qilayotgan “Manchester Yunayted” yirik g‘alabaga erishdi.
Autsayder “Sanderlend” maydoniga safar etgan “qizil iblislar” 3:0 hisobida zafar quchdi. Bunga qadar “Yunayted” ketma-ket ikki turda ochko yo‘qotgandi.
Shekspir jamoani qabul qilib olganidan so‘ng ketma-ket besh g‘alabaga erishgan “Lester” esa va nihoyat mag‘lub etildi. “Everton” maydoniga safar etgan “tulkilar” o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yubordi.
Angliya Premyer-ligasi 32-tur o‘yinlari 9-aprel, yakshanba
Izoh (0)